Parranda go‘shti uchun subsidiya miqdori oshirildi

Jamiyat

image

Parrandachilik xo‘jaliklariga 2024 yilgacha to‘lanadigan subsidiya miqdori oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Parrandachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan 2024 yil 1 yanvargacha QQS to‘lovchisi bo‘lgan parrandachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, sotilgan parranda go‘shtining har bir kilogrami uchun subsidiya miqdori 2 500 so‘m etib belgilandi (ilgari 1000 so‘m edi).

Subsidiya QQSdan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

subsidiya parranda go'shti

Baholaganlar

180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing