Tramp siyosiy ochko yo‘qotmoqda – OAV

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp siyosiy ochko yo‘qotmoqda. Bu haqda Amerikaning nufuzli “The Hill” nashri ma’lum qildi.

Nashr tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra,unda ishtirok etganlarning yarmi amaldagi Prezidentning raqibi Jo Baydenga ovoz berishga tayyor. Trampga esa atigi uchdan bir respondent.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, ko‘plab saylovchilar AQSH Prezidentining pandemiyaga qarshi kurashidagi harakatlaridan qoniqmaydi.

Amerikaliklar ishsizlik keskin o‘sib borayotganini va qarorlar qabul qilishda muvofiqlik yo‘qligini ta’kidlamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, kuchli iqtisodiyot - Trampning asosiy va’dalaridan biri. U esa odamlar ko‘zi oldida qulab tushmoqda, degan fikrni bildirgan so‘rovnomada ishtirok etganlar.

Trampning o‘zi mamlakat Prezidentligiga ikkinchi bor saylanishiga qattiq ishonadi. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar pandemiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borilayotganini ta’kidlaydi.

Koronavirus AQSH iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi va ishsizlikning tarixiy o‘sishiga olib keldi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda pandemiya paytida 1,54 million kishi koronavirusga chalindi, 93,1 ming kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

65

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing