Parkinson kasali bor bemor koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
26 Iyul 2020 15320 1 daqiqa
O‘zbekistonda koronavirusga chalingan buxorolik 57 yashar erkak vafot etdi.
Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashagan 57 yoshli Z.E.da joriy yil 3 iyul kuni COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.
Unga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka arteriyalari tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.
Shuningdek, parkinsonizm kasalligi bilan ham og‘rigan.Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir respirator distress sindromi va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr