Parkentda sherlari qorovulni yeb qo‘ygan hayvonot bog‘i direktoriga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

O‘tgan yil oxirida Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan  hayvonot bog‘ida 3 ta sher bog‘ qorovulini yeb qo‘ygan va buning ortidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Parkent tuman sudida ko‘rib chiqildi. 

Sud hukmi bilan “Lion Park” xususiy hayvonot bog‘i rahbari Jinoyat kodeksining 257-moddasi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi. Unga uch yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi va sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

Ma’lumot uchun, ushbu dahshatli voqea 2024 yilning 17 dekabr kuni soat taxminan tonggi 05:00 larda sodir bo‘lgan. Qorovul hayvonot bog‘ida saqlanayotgan 3 ta Afrika sheri bor katakka videoga olish uchun kirgan. Oqibatda yirtqichlar qorovulga hujum qilgan va uni o‘ldirib, yemish sifatida tana a’zolarini iste’mol qilgan.

Mazkur holat hayvonot bog‘i xodimlari tomonidan soat 09:00 larda aniqlanib, 2 ta sher uxlatuvchi dori vositalar qo‘llanilgan holda katakka qaytarilgan, 1 ta sher mahalliy ovchi tomonidan otib o‘ldirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Parkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing