Parkentda Mercedes-Benz va Matiz to‘qnashdi. Qurbon bor
3-sahifa
−
06 noyabr 2020
9117Bugun, 6 noyabr kuni Toshkent viloyati, Parkent tumanida Daimler-Benz (Mercedes) va Matiz avtomobillari to‘qnashdi. Natijada haydovchilardan biri vafot etdi.
Yuqorichirchiq tumani tibbiyot birlashmasining bergan ma’lumotga ko‘ra, YTH Parkent tumani Markaziy mahallasi hududidan o‘tgan 4R-15 “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 66-kilometrida yuz bergan. 1960 yilda tug‘ilgan Z.M. Daimler-Benz rusumli avtomobilda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1972 yilda tug‘ilgan K.N. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Natijada, Matiz haydovchisi 48 yoshli K.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, yo‘lovchi 37 yoshli V.B. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.