Parkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
18 iyul 2021 10091 1 daqiqa
Kecha, 17 iyul kuni Toshkent viloyati, Parkent tumanida sakkizda avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
YTH soat 15:00 larda Parkent tumani, “Parkent-Kumushkon” yo‘lida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan M.A. HOVO rusumli yuk avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtda tormoz tizimi ishdan chiqib boshqaruvni yo‘qotgan va natijada:
1) haydovchi M.M. boshqaruvidagi “GAZ-24”;
2) haydovchi F.R. boshqaruvidagi Spark;
3) haydovchi A.R. boshqaruvidagi Nexia;
4) haydovchi B.T. boshqaruvidagi Spark;
5) haydovchi M.Yu. boshqaruvidagi Lacetti;
6) haydovchi Z.M. boshqaruvidagi “Gazel”;
7) haydovchi B.U. boshqaruvidagi “VAZ-2106” rusumli avtomobillar bilan to‘qnashib YTH sodir etgan.

Oqibatda “VAZ-2106” rusumli avtomobil haydovchisi B.U. hamda uch nafar yo‘lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Parkent tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust