Parijdagi portlashda qirqqa yaqin odam halok bo‘ldi
Olam
−
22 iyun 2023
11652Kecha, 21 iyun kuni Fransiyaning Parij shahrida sodir bo‘lgan portlashda 37 nafar odam halok bo‘ldi. Bu haqda BFMTV xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, kunning asosiy qismida 29 qurbon aniqlangan. Keyinchalik qutqaruvchilar bino vayronalari ostidan yana 8 nafar odam jasadini topgan.
Fransiya Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen yaradorlarning 4 nafari og‘ir ahvolda ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, qutqaruv xizmatlari bino vayronalari ostidan odamlarni qidirishda davom etmoqda.
Dastlab Parij merining o‘rinbosari Eduard Sivel mazkur hodisaga maishiy gazning chaqnashi sabab bo‘lganini aytdi.
Biroq IIV rahbarining ta’kidlashicha, portlashning aniq sabablari hali aniqlanmagan, chunki mutaxassislar ishonchli ma’lumot topish uchun ekspertiza o‘tkazishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 iyun kuni Parijning beshinchi okrugi Sen-Jak ko‘chasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Muhsinjon Umurzoqov