Parijdagi musobaqalar Bahodir Jalolov uchun oxirgi Olimpiada bo‘ladi
Sport
−
08 avgust
38908O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasi nihoyasiga yetgach, havaskor boksni butkul tark etib, bor e’tiborini profboksga qaratadi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Hozirda Jalolov Parijda eng og‘ir vaznda ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lish uchun jang qilmoqda. U 11 avgustga ispaniyalik Ayyub Gadfaga qarshi final jangida ishtirok etadi.
Finalgacha bo‘lgan yo‘lda 30 yoshli Jalolov Norvegiya, Avstraliya va Germaniya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov profboksda 14 ta jang o‘tkazib, barchasida muddatidan avval g‘alaba qozongan. U oxirgi marta profringda 2023 yil 17 noyabrda JAR vakili Kris Tompsonga qarshi ringga ko‘tarilib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratgandi.