Parijda “raqamlar jangi”. Messi va Donnarumma sabab qatiy qoidalar o‘zgartirildi

Sport

image

Kecha, 10 avgust kuni Lionel Messi PSJ bilan shartnoma imzoladi va jamoada 30-raqamli libosda harakat qiladigan bo‘ldi. Argentinalik futbolchi 2003 yilda “Barsa”da aynan shu raqam ostida faoliyatini boshlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Neymar unga o‘zining raqamini taklif qilgan, lekin Leo hurmat bilan buni rad etgan. Darvozabon Janluiji Donnarumma esa o‘zining sevimli 99-raqamida harakat qila olmaydi.

Ushbu jarayon bilan bog‘liq bo‘lgan qiziqarli holat mavjud: Aslida 30-raqam darvozabonlarga tegishli. 

Fransiya professional futbol ligasi qat’iy qoidalarining 576-bandiga ko‘ra, asosiy tarkibda o‘ynaydigan futbolchilar butun mavsum uchun raqamlanadi. Asosiy jamoa o‘yinchilarining ro‘yxati 30 kishidan oshmasligi kerak, shuning uchun 1-30 raqamlargina muomalada. 1, 16 va 30 raqamlar esa darvozabonlar uchun ajratilgan. So‘nggi chora sifatida darvozabon 40 raqamini olishi mumkin. Agar klub professional shartnoma bo‘yicha 30 dan ortiq futbolchiga muhtojligini isbotlasa, maxsus komissiya bir nechta futbolchiga ruxsat berishi mumkin.

Qoidalarga ko‘ra, Janluiji Donnarumma o‘zining sevimli 99-raqamidan voz kechishga majbur bo‘ldi, shuning uchun u 50-raqamni tanladi (1, 16, 30, 40 raqamlari band qilingan).

Messidan oldin, PSJdagi 30-raqam 30 yoshli posbon Aleksandr Letelerga tegishli edi, biroq u birorta ham rasmiy o‘yin o‘tkazmagan. Leteler jamoaning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2020 yilda “Orlean”dan (Liga 2) kelib qo‘shilgan. U Navas, Donnarumma va Serxio Rikodan keyin to‘rtinchi darvozabon maqomiga ega.

Ko‘rinib turibdiki, PSJ qat’iy qoidalarga qaramay, Liga 1 nizomini Messidan istisno qilishga muvaffaq bo‘ldi (Leteler roziligi bilan, albatta). 

Ma’lumot o‘rnida, Lionel Messi PSJ bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagan va yiliga bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 50 million yevro maosh oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi PSJ Janluiji Donnarumma Raыamlar jangi

Baholaganlar

1298

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing