Parijda 1 haftada qariyb 3 ming nafar odam vafot etdi

Olam

image

Fransiyaning Parij va uning atrofidagi hududlarda iyun oyida kuzatilgan rekord darajadagi issiq havo to‘lqini sabab odatdagi ko‘rsatkichdan 1,5 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi. Bu haqda “France 24” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 22–28 iyun kunlari Il-de-Frans hududida qariyb 3 mingta o‘lim holati qayd etilgan. Bu odatdagi ko‘rsatkichdan 1 565 taga ko‘p.

Qayd etilishicha, issiq havo oqibatidagi o‘limlarning 82 foizdan ortig‘i 65 yoshdan katta insonlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mutaxassislar jazirama oqibatlari faqat yuqori haroratning bevosita ta’siri bilan cheklanmasligini, ayrim holatlarda salbiy ta’sir bir necha kundan keyin ham namoyon bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada joriy yilning 22–28 iyun kunlari kuzatilgan kuchli jazirama davrida mamlakat bo‘ylab odatdagidan 2 025 ta o‘lim qayd etilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing