Parij temiryo‘l tarmog‘iga zarar yetkazildi

Sport

image

Fransiyada Olimpiadaning ochilish kunida tezyurar poyezdlar harakati to‘xtatildi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi.

Fransiya temiryo‘llari milliy jamiyati tezyurar poyezdlar tarmog‘ini ishdan chiqarishga qaratilgan “katta hujum”ga uchradi.

Fransiya Transport vaziri Patris Vergrite brifingda Atlantika, Shimoliy va Sharqiy yo‘nalishdagi tezyurar liniyalarda relslar yaqinida o‘t qo‘yish sodir bo‘lganini aytdi.

“O‘t qo‘yish boshlandi, bu bizning ob’ektlarimizga zarar yetkazdi. Oqibatda tezyurar poyezdlarning Atlantika, Shimoliy va Sharqiy liniyalariga zarar yetkazildi, Janubi-Sharqiy liniyaga zarar yetmadi. Biz ba’zi poyezdlarni boshqa yo‘nalishlarga yo‘naltirmoqdamiz, ammo ko‘plab reyslar bekor qilinishi kerak bo‘ladi”, deydi Vergrite.

Qayd etilishicha, ta’mirlash brigadalari allaqachon tiklash ishlarini boshlagan, biroq transport cheklovlari kamida 29 iyulgacha saqlanib qoladi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Olimpiada temiryo'l

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing