Parij-2024: Sportchilarga Olimpiya shaharchasida alkogol ichish taqiqlanmaydi

Sport

image

Parijdagi Olimpiya shaharchasida spirtli ichimliklar taqiqlanmaydi. Bu haqda jurnalistlarga Avstraliya delegatsiyasi rahbari Anna Mirs ma’lum qildi.

“Olimpiya shaharchasida spirtli ichimliklar taqiqlanmagan emas, lekin ziyofatlar ochiq havoda o‘tkazilgani ma’qul. Sportchilar muvaffaqiyatini birgalikda nishonlashi mumkin bo‘ladi, ammo ular musobaqa kuniga tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha dam olishni ham yodda tutishlari kerak”, deydi Mirs.

Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston delegatsiyasining musobaqadagi ishtirokini futbolchilar boshlab beradi. Temur Kapadze shogirdlari 24 iyul kuni Ispaniya bilan bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya delegatsiyasi Olimpiada ochilishida hojatxonalar kam bo‘lishidan xavotirlanayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing