Avstraliya delegatsiyasi Olimpiada ochilishida hojatxonalar kam bo‘lishidan xavotirlanmoqda

Sport

image

Fransiyaning Parij shahrida 26 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimida sportchilarni tashish uchun foydalaniladigan qayiqlarda hojatxonaning yo‘qligi ehtimoli milliy terma jamoalarni tashvishga solmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Parijda tarixda birinchi marta Olimpiadaning ochilish marosimi stadionda o‘tkazilmaydi. Maxsus qayiqlar Sena daryosi bo‘ylab Austerlits ko‘prigidan, keyin Notr-Dam sobori yonidan suzib o‘tadi va Eyfel minorasi yonida to‘xtaydi.

“Eng yirik delegatsiyalardan biri bo‘lganimiz sababli, biz hojatxonaga ega qayiqqa ega bo‘lamizmi yoki yo‘q, bu hali tasdiqlanmadi. Bortga chiqish va jo‘nash joylarida hojatxonalar bo‘ladi. Suzish vaqti 40 dan 45 minutgacha bo‘ladi”, deydi Avstraliya Olimpiya delegatsiyasi rahbari.

Ma’lumot uchun, Olimpiada o‘yinlari 11 avgustga qadar davom etadi. O‘zbekiston delegatsiyasi sportchilari 75 ta litsenziya bo‘yicha bahslarga kirishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Avstraliya Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made