Parij-2024: Muzaffarbek To‘raboyev bronza medal uchun kurashadi

Sport

image

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining dzyudo bahslarida -100 kg vazn toifasidagi Muzaffarbek To‘raboyev ozarbayjonlik Zelim Kotsoyevga qarshi tatamiga chiqdi. 

O‘zbekiston vakili mag‘lubiyatga uchrab, bronza medal uchun kurashini davom ettiradigan bo‘ldi. Ozarbayjonlik amaldagi Jahon chempioni Zelim Kotsoyevga qarshi kechgan bellashuvda u vazari bahosi bilan imkoniyatni boy berdi.To‘raboyev chorak finalda niderlandiyalik Mixail Korreldan ustun kelgan edi.

Endilikda Muzaffarbek To‘raboyev bronza medali uchun Ispaniya vakili Nikoloz Sherazadishviliga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 dan so‘ng start olishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorova musobaqada kurashgan kimonosini Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining muzeyiga sovg‘a qilgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Muzaffarbek To'raboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing