Parij-2024: 11 kundan so‘ng O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Sport

image

Fransiya poytaxti mezbonlik qilayotgan Olimpiada o‘yinlarining 11-kuni tugab, 12-kuni boshlandi. Hozirga qadar 1 ta oltin 2 ta bronza medaliga ega chiqqan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 38-o‘rinni band etib turibdi. 

O‘zbekistondan tashqari yana 41 ta delegatsiya Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishni uddaladi. Ikkinchi oltin medalning o‘ziyoq hozirgi vaqtda O‘zbekiston jamoasini umumiy hisobda 17 pog‘onagacha yuqoriga ko‘tarishi mumkin, biroq bugungi kun dasturda o‘zbekistonlik sportchilarning oltin medalga ega chiqish imkoniyati juda past.

Hozirda medal jamg‘arish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarini ortda qoldirmoqda. Qo‘shni mamlakatlardan faqat Qozog‘iston O‘zbekistondan ko‘ra yaxshiroq natija qayd etgan. Qozog‘istonlik sportchilar hozirgacha Olimpiadada 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida 30-o‘rinni egallagan.

Bu borada reytingda jami 86 ta medal to‘plashni uddalagan AQSH delegatsiyasi peshqadam bo‘lib turibdi. Okeanorti vakillarining eng yaqin ta’qibchisi xitoylik sportchilar hisoblanadi. Chin yurti vakillari hozircha 59 ta medal jamg‘arishni uddaladi, biroq 1 va 2-o‘rin o‘rtasidagi oltin medallar soni bo‘yicha farq atigi 2 tani tashkil etadi. Kuchli uchlikka 35 ta medal bilan Avstraliya yakun yasab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Parij-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made