Rossiyada butlovchi qismlar yetishmasligi sababli avtomobil ishlab chiqarish to‘xtatiladi

Olam

image
O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashadi north_east

O‘zbekistonda benzin narxi arzonlashadi

Rossiyadagi aksariyat avtokompaniyalar mamlakatdagi zavodlari faoliyatini to‘xtatmoqchi. Bunga sabab qilib butlovchi qismlar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar ko‘rsatilmoqda. Bu haqda bugun, 25 mart kuni TASS agentligi xabar berdi.

"Volkswagen" va "Groupe PSA" allaqachon o‘z zavodlari to‘xtaganini e’lon qilishdi. "Sollers" avtokompaniyasi UAZ va "Ford Sollers" avtomobillarida ishlab chiqarishni to‘xtatish haqida e’lon qildi.

Chet el tarkibiy qismlarining yetishmasligi

O‘tgan hafta "Volkswagen" koronavirus tufayli Yevropadagi ko‘plab zavodlarini yopdi. "Groupe PSA" zavodlari  esa Yevropada joriy yilning 27 martiga qadar yopiladi. Tabiiyki, bu xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilarning Rossiyadagi faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Kaluga va Nijniy Novgoroddagi "Volkswagen" zavodlari 30 martdan 10 aprelgacha ishlamaydi. 30 martga qadar "Volkswagen" dilerlar va xaridorlarga avtomobil va ehtiyot qismlarni barqaror yetkazib berishni ta’minlashini ma’lum qildi.

"Groupe PSA" shuningdek, Kaluga viloyatidagi zavodni koronavirus fonida yetkazib berishda uzilishlar tufayli 1 dan 3 aprelgacha to‘xtatib turadi. Ma’lumot uchun, ushbu zavod Peugeot 408, Citroen  C4, Mitsubishi  Outlander, Zafira Life minivenlari va Opel Vivaro mikroavtobusini ishlab chiqaradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Koronavirus Volkswagen Groupe PSA Avtokompaniya

Baholaganlar

103

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing