Paralimpiya o‘yinlarida ilk medal qo‘lga kiritildi

Sport

image

Bugun, 25 avgust kuni Tokio-2020 Paralimpiadasida suzish bahslari o‘z yakuniga yetdi. 

100 metr masofaga batterflay usulida suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Islom Aslanov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga ilk medalni taqdim qildi. Muzaffar Tursunxo‘jayev esa beshinchi o‘rinni egalladi. Oltin medal belaruslik Igor Bokiyga nasib etdi.

Ayollar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflay usulida suzish bo‘yicha Shohsanam Toshpo‘latova marraga yaqin qolganda, medallar uchun kurashdan chiqib ketdi va 4-o‘rin bilan kifoyalandi. Bu yo‘nalishda italiyalik Karlotta Gilli birinchi o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ilk kunida suzish sport turida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etdi. Aslanov o‘z guruhida 1-o‘rin (26,35 soniya), Tursunxo‘jayev 3-o‘rin (26,72) va ayollardan Toshpo‘latova 1-o‘rinni (30,79) egallagan holda finalga yo‘l olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Suzish Bronza medal' Islom Aslanov

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing