Paralimpiadaning 2-kuni o‘zbekistonlik sportchilar uchun medalsiz yakunlandi

Sport

image

Bugun, 26 avgust kuni Tokio shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik Nigoraxon Mirzohidova va Shohsanamxon Toshpo‘latova chalqancha uslubda suzish (S13, 100 metr) bo‘yicha final bahsida ishtirok etib, imkoniyatni boy berdi.

Final yakuniga ko‘ra Toshpo‘latova 1:08.37 natija bilan beshinchi, Mirzohidova esa 1:09.85 ko‘rsatkich evaziga yettinchi pog‘onani egalladi.

Ushbu yo‘nalishda amerikalik Jia Pergolini 1:04.64 natija ko‘rsatib, Jahon rekordini yangiladi va oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 26 avgust kuni 4 nafar o‘zbekistonlik parasuzuvchi musobaqalarda ishtirok etdi. 

Erkaklar o‘rtasida Muzaffar Tursunxo‘jayev va Islom Aslanov, ayollar o‘rtasida esa Shohsanamxon Toshpo‘latova va Nigoraxon Mirzohidova startga chiqdi. Natijada, erkak sportchilarga biroz omad yetishmadi va ular saralashda 5 hamda 6-o‘rinlarni egallab, final bosqichiga o‘ta olmadi. Biroq ayollar o‘rtasidagi saralash bahslarida qatnashgan ikki sportchi – Shohsanamxon Toshpo‘latova hamda Nigoraxon Mirzohidova finalga yo‘l olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlari Muzaffar Tursunxo'jaev Islom Aslanov Shohsanamxon Toshpo'latova Nigoraxon Mirzohidova

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing