Paralimpiadaga yo‘llanmalar qo‘lga kiritildi

Sport

image

London shahrida para-suzish bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Kelasi yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beradigan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham munosib ishtirok etib, sakkizta medal va 3 ta Paralimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi. 

O‘zbekiston vakillaridan  Rio-de-Janeyra paralimpiadasining ikki karra sovrindori Shohsanam Toshpo‘latova 1 tadan oltin va bronza medallarini terma jamoa g‘aznasiga keltirgan bo‘lsa, Islom Aslanov 3 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. sazovor bo‘ldi. 

Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar:

Oltin:

Shohsanam Toshpo‘latova – 1 ta

Kumush:

Islom Asanov – 3 ta

Firdavs Musabekov – 1 ta.

Bronza:

Nigora Mirzohidova – 1 ta

Muzaffar Tursunxo‘jayev – 1 ta

Shohsanam Toshpo‘latova – 1 ta.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasining nizomiga ko‘ra, jahon chempionatida oltin va kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchilar Tokio-2020 Paralimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘lishardi. Shu tariqa ushbu jahon chempionatida Shohsanam Toshpo‘latova, Islom Asanov hamda Firdavs Musabekov Tokio-2020 Paralimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Qolgan sportchilar esa Paralimpiada yo‘llamasining qimmatli reyting ochkolarini jamg‘ardi.

Tokio Paralimpiadasining reglamentiga ko‘ra, musobaqaga yo‘llanma olgan har bir ishtirokchi 4 ta masofada bahs olib borish imkoniyati ega. Shu tariqa Tokio-2020 Paralimpiadasiga yo‘llanma olgan sportchilarimiz soni 7 nafarga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

yo'llanmalar sportchilar

Baholaganlar

10

Reyting

2.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing