Xon Saroy sportchilari Arnold Classic Amateur 2026 da g‘olib bo‘ldi

Biznes

image

Arnold Classic Amateur 2026 – bu Arnold Schwarzenegger tomonidan asos solingan xalqaro havaskor bodibilding turniri bo‘lib, u eng yirik sport festivallaridan biri bo‘lgan Arnold Sports Festival doirasida o‘tkaziladi. Musobaqa 2026 yil 5 mart kuni AQSHning Kolumbus shahridagi Greater Columbus Convention Center’da bo‘lib o‘tdi.

Xon Saroy jamoasi 6 nafar ishtirokchidan iborat bo‘lib, ularning 4 nafari sovrinli o‘rinlarni egalladi:

  1. Baxshulla Sayfullayev – 1-o‘rin, oltin medal;
  2. Ibrohim Latipov – 1-o‘rin, oltin medal;
  3. Rozibek Hakimov – 2-o‘rin, kumush medal;
  4. Abduvahob Boltaboyev – 3-o‘rin, bronza medal.

Arnold Classic Amateur bodibilding bo‘yicha dunyodagi eng nufuzli havaskor turnirlardan biri hisoblanadi va kelajakdagi professional sportchilar uchun muhim start maydoniga aylanadi. Jumladan, Ibrohim Latipov ushbu musobaqadagi muvaffaqiyatli chiqishi uchun PRO-kartaga ega bo‘ldi. Bu unga IFBB Pro League professional ligasiga ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Turnirda sportchilarning yuqori natijalari ularning mehnati, ko‘p yillik intizomi, kuchli irodasi va har kungi mashg‘ulotlarining natijasidir. Bunday g‘alabalar nafaqat sportchilarning o‘ziga, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab insonlarga ham ilhom bag‘ishlaydi. 

Chunki mehnat, sabr va maqsadga sadoqat orqali eng yuqori cho‘qqilarni zabt etish mumkinligini ko‘rsatadi. Xon Saroy kompaniyasi tajribali hamda yosh sportchilarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirib, O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarishga hissa qo‘shmoqda.

Xon Saroy qurilish kompaniyasi o‘z faoliyatini 2019 yilda boshlagan. Bugungi kunga qadar kompaniya Toshkent va Navoiy shaharlarida 13 ta ob’ektni amalga oshirib, foydalanishga topshirgan. Kompaniya nafaqat qurilish sohasini, balki madaniyat va sport rivojini ham faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Xon Saroy aloqa markazi: +998(71)2007400

Sayt | Telegram | Instagram

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

sportchilar Xon Saroy Arnold Classic Amateur 2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing