Xon Saroy navbatdagi loyihasini o‘z egalariga topshirdi

Biznes

Joriy yilning 7 may kuni qurilish bozorida sifat va ishonch tamoyillari bilan ajralib turadigan Xon Saroy kompaniyasi o‘zining navbatdagi – “Orzular” loyihasining eshiklarini ochdi.

Ushbu loyihaning asosiy afzalliklaridan biri – uning qulay joylashuvidir. “Orzular” loyihasi Yunusobod tumani 16-mavze ro‘parasida, aniqrog‘i “Uch qahramon” bozori yaqinida joylashgan. Loyiha 14 ta blokdan iborat bo‘lib, har bir blok 16 qavatdan iborat. Majmuadagi xonadonlar soni 1500 tani tashkil etadi. Uylarning maydoni esa 37 kvadrat metrdan 136 kvadrat metrgacha.

Majmuaning dastlabki ikki qavatida ko‘ngilochar maskanlar, savdo do‘konlari va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari joylashishi rejalashtirilgan. Shuningdek, majmua hududida shaxsiy alleya ham tashkil etilgan. Ichki hovlida bolalar uchun xavfsiz maydoncha, yer usti va yer osti avtoturargohlari mavjud. Majmua zamonaviy va uzluksiz ishlaydigan liftlar bilan jihozlangan bo‘lib, yopiq hovli hududi 24/7 rejimida ishlaydigan kuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi.

“Orzular” loyihasidan mashhur blogerlar Sadoqat Hamidovna, Xonzoda, Muborak, “Mittivine” jamoasi, Maftuna Arabbayevna, Mohlaroy Sobirova, Qodir Tolipov, Ozod Shukrulayev, Ozodbek Mannopov, Abduvali Sakiyev, Durdona Qurbonova xonadon sotib olgan. Bundan tashqari, xalq orasida mashhur san’atkorlar ham shu yerdan uy sotib olib, qo‘shni bo‘lishdi.

Loyihaning ochilish marosimida xalqimizning sevimli xonandalari Shohruhxon, Ziyoda, Rayhon, Mavluda Asalxo‘jayeva, Jahongir Poziljonov va Yorqinxo‘ja Umarovlar ishtirok etishdi. Tadbirni olib borgan boshlovchilar Alisher Uzoqov, Rayhon Ulasenova hamda Jahongir Mirzo mehmonlar bilan kompaniya faoliyati yuzasidan qiziqarli savol-javoblar o‘tkazdi. Blogerlar jamoasi esa, savollarga to‘g‘ri javob bergan mijozlarga Xon Saroy tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg‘alarni taqdim etdi.

O‘zining olti yillik faoliyati davomida Xon Saroy kompaniyasi ko‘chmas mulk bozorida salmoqli natijalarga erishdi. Kompaniya 2019 yilda bozorga kirib kelganidan buyon umumiy maydoni 609 ming kvadrat metrdan ortiq loyihalarni amalga oshirib, 5 mingdan ortiq xonadonni foydalanishga topshirdi. Natijada, 12 mingdan ortiq oila Xon Saroy uylarini tanladi.

Bugungi kunga qadar kompaniya jami 24 ta loyihani amalga oshirgan bo‘lib, ulardan 14 tasi o‘z egalariga topshirilgan. Jumladan, “Ayvon,” “Mega Tower,” “Pandora,” “Diplomat,” “Sayram,” “Navoiy City 1,” “Navoiy City 2,” ‘Sulton Saroy,” “Parlament,” “Salom Qo‘yliq,” “Okean,” “Orzular” hamda "Sher Xon" loyihalari shular jumlasidandir. Ayni paytda kompaniyaning 10 dan ortiq yirik loyihalarida qurilish ishlari faol davom etmoqda.

Xon Saroy kompaniyasi nafaqat qurilish sohasida, balki ta’lim, ommaviy axborot vositalari, moliya va sport sohalarida ham faol rivojlanmoqda. Bugungi kunda kompaniya tarkibida Xon Saroy Payments to‘lov ilovasi, Xon Saroy Akademiya biznes maktabi, Xon Saroy Media media loyihasi hamda Xonsaroy Fitness kabi yangi yo‘nalishlar faoliyat yuritmoqda.

Xon Saroy aloqa markazi: +998(71)2007400

Sayt | Telegram | Instagram | Youtube

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Xon Saroy “Orzular” loyihasi

Baholaganlar

0

Reyting

5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing