O‘zbekistonda yana bir stipendiya joriy etiladi
Jamiyat
−
08 aprel 2023
11128“O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” ta’sis etiladi. Bu bo‘yicha kecha, 7 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Ma’muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, joriy yilning 1 iyulidan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining stipendiyasi” joriy etiladi. Bunda:
- stipendiya miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravari etib belgilanadi;
- mazkur stipendiya tayinlangan sportchilarga Prezidentning tegishli qarorida belgilangan tartibda o‘zini o‘zi band qilish huquqi beriladi.
Shuningdek, sportchi identifikatsiya kartalari uchun to‘lovlar miqdori uch barobarga kamaytirilib, ulardan foydalanish muddati 5 yil etib belgilanadi.
Bundan tashqari, qarorga ko‘ra, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) bo‘yicha jahon chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirish miqdorlari tasdiqlandi.
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarga Prezident Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasiga idoraviy mansub bo‘lgan tibbiyot muassasalarida umrbod bepul tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi beriladi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr