Parhez va sportsiz qanday vazn yo‘qotish mumkin? 

Foydali

image

Diyetolog Tatyana Razumovskaya parhez va jismoniy mashqlarsiz ortiqcha vazndan qanday qutulish mumkinligi haqida ma’lumot berdi. 

U vazn yo‘qotish uchun uyquning ahamiyatini ta’kidlagan. 

“Muntazam uyqusizlik ishtahani bosuvchi leptin gormoni darajasini pasaytiradi. Ammo grelin va kortizol kabi gormonlarni ko‘paytiradi, bu esa ochlikni kuchaytiradi. Bundan tashqari, kortizolning ko‘payishi ortiqcha ovqatlanish, yog‘ yig‘ilishiga olib keladi”, deya tushuntirgan mutaxassis. 

Ta’kidlanishicha, ratsionga kletchatka ham kiritilishi kerak. U xolesterin va shakar miqdorini normallashtiradi, ichaklarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ochlikni yo‘qotadi. 

Shuningdek, mutaxassisga ko‘ra, dukkakli mahsulotlar, quritilgan mevalar, donli nonlar, yong‘oqlar, sabzavotlar va yormalar iste’mol qilish ham zarur. 

“Sizning ratsioningizda yetarli miqdorda oqsil bo‘lishi muhim — bir kilogramm vazn uchun 1,2 dan 1,5 grammgacha. Bu sut mahsulotlari, go‘sht, baliq va boshqa dengiz maxsulotlari, tuxum va o‘simlik oqsillari: yong‘oq, dukkakli mahsulotlar, soya bo‘lishi mumkin”, degan diyetolog. 

Unga ko‘ra, oqsillar uzoq vaqtda hazm bo‘ladi. Organizm oqsilni hazm qilish uchun uglevodlarga qaraganda ko‘proq kaloriya sarflaydi.


Maqola muallifi

Teglar

sport vazn parhez

Baholaganlar

288

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing