Pansionatdan 16 million so‘mlik qiymatga ega buyumlarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Joriy yilning 23 avgustidan 24 avgustiga o‘tar tunda noma’lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan Yunusobod tumanidagi pansionatlardan birining xizmat xonasiga kiradi. U yerdan har birining narxi 750.000 so‘m bo‘lgan 3 ta kurtkani, har birining narxi 7.040.000 so‘m bo‘lgan 2 ta monoblokni o‘g‘irlab ketgan.

Ushbu fakt asosida Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi ("O‘g‘irlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – qashqadaryolik 31 yoshli Abbos M. qo‘lga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing