Pandemiyaning O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri muhokama qilindi

Jamiyat

image

2020 yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Toshkent shahriga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, suv xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.

“Vazirlar ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibini muhokama qildilar. Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikning ijobiy sur’atini saqlab qolishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ma’lum qilindi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, tomonlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va pandemiyaning O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sirini minimallashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar to‘g‘risida fikr almashishdi.

“TIV rahbarlari ikki tomonlama tadbirlarni davom ettirish, shu jumladan, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Hukumatlararo komissiyasining va ikki mamlakat chegaraoldi viloyatlari hokimlari (vakolatli vakillari) Kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar”, deyiladi xabarda.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha  Qo‘shma bayonot qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

TIV O'zbekiston Qirg'iziston

Baholaganlar

40

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing