Pandemiyadan keyin qaysi davlatlarga sayohat qilish mumkinligi aytildi

Olam

image
Avstraliya va Yangi Zelandiyada plyajlar ochildi north_east

Avstraliya va Yangi Zelandiyada plyajlar ochildi

Koronavirus pandemiyasidan keyin sayohatchilar uchun birinchi bo‘lib ochiladigan davlatlar plyaj turizmiga bog‘liq bo‘lgan Gretsiya, Italiya va Turkiya bo‘ladi. Ushbu davlatlar iqtisodini tiklash maqsadida kasallikni yengishi bilan o‘z dam olish sohillarini turistlar uchun ochish niyatida. Bu haqda rossiyalik siyosatshunos Dmitriy Abzalov aytib o‘tdi.

Mutaxassisning tushuntirishicha, bu davlatlar sayyohlarni iloji boricha tezroq qaytarishga harakat qilishadi. Ammo natijasi dam oluvchilar yashaydigan davlatlarning qarorlariga bog‘liq bo‘ladi.

"Ommaviy sayyohlik yo‘nalishlarining ochilishi yozdan oldin bo‘lmaydi va jarayon asta-sekin kechadi. Albatta, birinchi navbatda pandemiyaga qarshi kurashning muvaffaqiyati unga ta’sir qiladi", deydi mutaxassis.

Abzalovning ta’kidlashicha, Yevropadagi yozgi sayyohlik mavsumidan foyda yo‘q. Chunki sayyohlarning asosiy oqimi bahorga to‘g‘ri keladi.

Mutaxassisning fikricha, Xitoyning yaqinligi tufayli Osiyodagi deyarli barcha plyajlar zarar ko‘rdi. Abzalov, shuningdek, ushbu qit’alarda rivojlanmagan tibbiyot hisobiga Janubiy Amerika va Afrikada turizmning tezroq tiklanishini bashorat qilgan. AQSHda sayyohlar oqimi kuzdan oldin kutilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda bir qancha davlatlarda pandemiya chekinayotgani ma’lum qilindi. Yana bir qancha mamlakatlarda karantin choralari yumshatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turizm Pandemiya

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing