Pandemiyadagi cheklovlar, aslida, odamlarni o‘ldirmoqda

Olam

image

BMTning maxsus ma’ruzachisi COVID-19 pandemiyasi paytida bir tomonlama sanksiyalar ostida qolgan mamlakatlar aholisi uchun qanday qilib gumanitar, shu jumladan, tibbiy va oziq-ovqat yordamini taqdim etish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

Hozirgi vaqtda bir tomonlama sanksiyalar BMTning barcha a’zo davlatlarining taxminan 20 foiziga ta’sir qiladi. Ularning aksariyati mojarolar va vayronagarchiliklar ostida qolgan davlatlardir. BMTning maxsus ma’ruzachisi Alena Duxan pandemiyada sanksiya cheklovlari, aslida, odamlarni o‘ldiradi, deb hisoblaydi.

Sanksiyalar ostida bo‘lgan davlatlar u yoki bu darajada suv, sovun, niqob, oziq-ovqat, zarur dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar tanqisligi, shuningdek, hayotiy zarur buyumlarni yetkazib berish va shifoxonalarning normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i yetishmovchiligiga duch kelmoqda.

"Gumanitar tashkilotlar yordam ko‘rsatishni, shu jumladan, dori-darmonlarni, tibbiy asbob-uskunalarni, himoya vositalarini, oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlarni yetkazib berishda asosiy to‘siq sifatida bir tomonlama sanksiyalarni ko‘rsatishmoqda", dedi Alena Duxan.

Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda sanksiyalar rejimi o‘ta chalkash va murakkab tus olgan. Pandemiya paytida sanksiyalarni yumshatish va ayrim tovarlarni sanksiyalar rejimidan chiqarib tashlash to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi. Biroq ushbu harakatlar samarasiz va yetarli emas.

Maxsus ma’ruzachi yetakchi xalqaro gumanitar tashkilotlarning mutaxassislari bilan o‘tgan munozaralar va maslahatlashuvlar asosida pandemiya paytida sanksiyalar qo‘llanilgan mamlakatlarga dori-darmon, tibbiy asbob-uskunalar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishdagi to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

Duxan barcha davlatlarni pandemiya paytida odamlarni qutqarish eng muhim ustuvor vazifa ekanligini unutmaslikka chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya BMT

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing