Pandemiya vaqtida qaysi hududning tadbirkorlari eng ko‘p zarar ko‘rgan? So‘z Adham Ikromovga

Jamiyat

O‘zbekistonda pandemiya vaqtida tadbirkorlar eng yuqori ijtimoiy mas’uliyatni ko‘rsatdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov Mfaktor’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Ikromov pandemiya ortidan eng ko‘p zarar ko‘rgan tadbirkorlar qaysi hududlardan ekaniga ham to‘xtaldi. 

“Dunyoda koronavirus va ijtimoiy mas’uliyat degan tushunchalarni solishtirib ko‘rib aytamanki, O‘zbekistonda tadbirkorlar o‘ta yuqori mas’uliyat ko‘rsatib bo‘ldi. Nega? Bizda 15 mart kunidan karantin bo‘yicha choralar boshlangan bo‘lsa, tadbirkorlarga 15 yanvardan boshlandi. Koronavirus pandemiyasi sababli O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi murojaati sababli Xitoyga tadbirkorlar uchun viza berishni yopdik. 15 martdan boshlab karantin sabab yopilganidan so‘ng, tadbirkorlarimiz juda yuqori ijtimoiy mas’uliyat ko‘rsatishdi”, deydi palata raisi.

Adham Ikromov, shuningdek, pandemiya asosan qaysi hudud tadbirkorlariga ko‘proq zarar keltirgani haqida gapirdi.  

“Toshkent shahrida 82 mingga yaqin tadbirkor faoliyat yuritmoqda. Eng katta zarba tadbirkorlar ichida Toshkent shahridagi tadbirkorlarga bo‘ldi”, dedi u. 

Ta’kidlanishicha, katta shaharlar Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg‘ona va kichik shaharlar bo‘lsa ham aholisi zich bo‘lgan Qo‘qon, Marg‘ilon, Olmaliq, Angren kabi hududlardagi tadbirkorlarga ham ko‘proq zarba bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya Adham Ikromov

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing