Pandemiya vaqtida internet-memlarni ko‘proq tomosha qiling – psixolog
Salomatlik
−
13 aprel 2020
4331O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish bilan hayot bir xillik tufayli ko‘pchilik uchun chidab bo‘lmas holga aylandi. Hazil tuyg‘usi bu ayovsiz muhitdan chiqib ketishga yordam beradi. Internetda o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish mavzusida ko‘plab memlar, komikslar va hazillarni tomosha qilish inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir qiladi. Bu haqda italiyalik psixolog Sara Reginella ma’lum qildi.
"Internetda izolyatsiya haqida ko‘plab memlar, hazillar va komikslar mavjud. Bularning barchasi juda yaxshi yordam beradi. Chunki hazil psixologik reaksiya nuqtai nazaridan ajoyib himoya mexanizmidir. Men bilaman, barcha mamlakatlarda shunga o‘xshash depressiya holati sodir bo‘ladi. Biz bunday vaqtda kuchli kayfiyatga ega bo‘lishimiz kerak", deydi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya paytida psixologlar bilan ishlash juda muhim. Bu kundalik bir xillik va izolyatsiyada kayfiyatning keskin o‘zgarishiga qarshi yordam beradi.
"Bu oiladagi zo‘ravonlik, ruhiy tushkunlik va kasallikdan keyingi depressiya bo‘lishi mumkin. Ushbu barcha holatlarda siz darhol psixolog bilan bog‘lanishingiz kerak. Masofaviy bo‘lsa ham. Chunki bunday narsalarni o‘zingiz hal qilishingiz qiyin", deydi Reginella.
Psixologning ta’kidlashicha, internetdagi hazillar tushkunlikni yoqotishda eng yaxshi vosita hisoblanadi. Hozirda, ayniqsa, turli ijtimoiy tarmoqlarda pandemiya bilan bog‘liq hazillar, memlar va shunga o‘xshash kayfiyatni ko‘taradigan kontentlar ko‘paygan.
"Hazillar har doim yordam beradi. Muammolar saqlanib qolmoqda, ammo ushbu muammolarni hazil orqali boshqalar bilan bo‘lishish mumkin", deydi shifokor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 3 milliarddan ko‘p odam karantin va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish sharoitida yashamoqda.
LiveBarchasi