Pandemiya vaqtida amerikaliklarni qo‘llashga uringan birinchi xonim kulgiga qoldi
Olam
−
13 aprel 2020
19643AQSH Prezidenti Donald Trampning rafiqasi birinchi xonim Melaniya Tramp yana bir bor ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining hujumlariga uchradi. Bu safar birinchi xonim yomon talaffuzi sabab foydalanuvchilar nafratiga duchor bo‘ldi.
An’anaga ko‘ra, har yili Oq uy oldida Pasxa munosabati bilan Easter Egg Roll deb nom olgan bolalar tadbirlari o‘tkaziladi. Dastlab bolalar qiziqarli uyinda ishtirok etadi, keyin birinchi xonim mehmonlarga kitobdan parcha o‘qib beradi.
Biroq bu yil barcha rejalashtirilgan tadbirlar koronavirusning Amerikada avj olgani sababli bekor qilindi.
“Ayni vaqtda bizning bosh maqsadimiz AQSH fuqarolarinng salomatligi va xavfsizligi. Men tadbirlar bekor bo‘lganidan afsusdaman, ammo hozir biz murakkab qarorlar qabul qilishimiz kerak”, dedi Melaniya Tramp.
Shunga qaramay, Donald Tramning rafiqasi amerikaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun an’anaviy kitob o‘qishni onlayn formatga ko‘chirgan. 12 aprel kuni birinchi xonim Instagram`dagi sahifasida Nikola Killenning “Kichik quyoncha” kitobidan parcha o‘qiyotgani aks etgan videoni joylashtirgan.
Ko‘pchilik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari video joylashtirilganidan hayron bo‘lmagan. Muhokamalarga Melaniya Trampnng talaffuzi sabab bo‘lgan. Ko‘pchilik uning so‘zlarini tushunishga qiynalgan.
“Men ertak mazmunini bazo‘r tushundim, nega uning talaffuzi bunday?”, “Melaniya AQSHga kecha kelgandek his paydo bo‘lyapti”, “U nima deyotganini kimdir tushundimi? Men talaffuz sabab hech nima tushunmadim”, “U qanday tilda gapiryapti?”, kabi nafratli izohlar qoldirilgan.
To‘g‘ri, birinchi xonimga amerikaliklar hayotiga yaqinlashayotgani uchun minnatdorlik bildirganlar ham topilgan. Ularning ba’zilari Melaniyani Pasxa bilan tabriklagan.
Ma’lumot uchun, Melaniya Tramp talaffuzi sabab birinchi marta muhokama markazida qolayotgani yo‘q. 2017 yilda amerikalik jurnalist Chelsi Xendler Melaniya ingliz tilida qiynalib gapirgani uchun undan intervyu olishni istamagandi. O‘shanda amerikaliklar Melaniyaning tarafini olib, jurnalistga birinchi xonim boshqa mamlakatda tug‘ilgani va uning ingliz tilisi yomon emasligini eslatib qo‘ygandi.
LiveBarchasi