Pandemiya O‘zbekistonda ishsizlikka qanday ta’sir qildi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sharoitida ishsizlar soni 2 millionga yaqinlashdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Farg‘onada amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlarga bag‘ishlangan sayyor sessiyasida ma’lum qildi.

“Pandemiyadan oldin O‘zbekistonda o‘rtacha 1 mln. 350 mingga yaqin ishsiz bo‘lgan bo‘lsa, pandemiya vaqtida bu 2 mln. ga yaqinlashgan. Mehnat muhojirlarimizning qariyb 550 mingga yaqini mamlakatdan chetga chiqa olmadilar va ular o‘zimizda ishlab kelishyapti.

Pandemiya vaqtida inqirozlarga qarshi kurash jamg‘armasidan 3,6 trln mablag‘ ijtimoiy ob’ektlarni qurishga ajratilgan. Buning natijasida har bitta viloyatda 50 dan 60 tagacha ijtimoiy ob’ektlar qurilishi boshlandi. Shu joylarga birinchi navbatda mehnat muhojirligiga keta olmagan fuqarolarimizni yo‘naltirib kelmoqdamiz”, dedi vazir.

Vazirning qayd etishicha, hududlardagi Bandlik markazlari orqali chetga chiqib keta olmagan mehnat muhojirlari yashab turgan hududlarida qurilayotgan ob’ektlarga o‘z kasblari bo‘yicha ishga jalb qilinmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahri viloyatlar bilan ham bog‘langan. O‘tgan oyda Sergeli tumanidagi qurilayotgan binolarga 1,5 mingga yaqin mehnat muhojirlari qonuniy tarzda ishga olingan. Ular hozir 1,5 millon so‘mdan 4,5 milliongacha oylik maosh olyapti 


Maqola muallifi

Teglar

ishsizlik

Baholaganlar

68

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing