AQSHda ishsizlik darajasi so‘nggi to‘rt yildagi eng yuqori cho‘qqisiga yetdi

Olam

image

AQSH mehnat bozorida vaziyat keskinlashmoqda. Joriy yilning noyabr oyida ishsizlik darajasi 4,6 foizga yetib, so‘nggi to‘rt yillik rekordni yangiladi. Bu haqda AQSH Mehnat statistikasi byurosi (BLS) e’lon qilgan hisobotga tayanib, CNN xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, noyabr oyida AQSH iqtisodiyotida bor-yo‘g‘i 64 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan. Bu ko‘rsatkich kutilganidan yuqori bo‘lsada, oktyabr oyidagi 105 ming ish o‘rni yo‘qotilishi oqibatida iqtisod hamon sustlashmoqda. Federal hukumatdagi ish tashlashlar va to‘xtalishlar tufayli oktyabr oyi uchun aniq ishsizlik darajasi e’lon qilinmagan edi, biroq noyabrdagi raqamlar vaziyat yomonlashganini tasdiqlagan.

Mutaxassislarning fikricha, mamlakat iqtisodiyoti “ishsizlik retsessiyasi” davriga qadam qo‘ygan. Navy Federal Credit Union bosh iqtisodchisi Xizer Longning ta’kidlashicha, so‘nggi uch oyda ish o‘rinlari sezilarli qisqargan. Hozirda faqat sog‘liqni saqlash va qurilish sohalarida o‘sish kuzatilmoqda, qolgan tarmoqlar esa ortga ketmoqda.

Shuningdek, ishsizlikning ortishi aholining kam ta’minlangan qatlamlari va etnik ozchiliklarga ko‘proq zarba bergan. Xususan, qora tanli ishchilar orasida ishsizlik 8,3 foizga ko‘tarilgan. Iqtisodchilar bunga Tramp ma’muriyati tomonidan joriy etilgan tarif siyosati va federal shtatlarni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirgan tarif siyosati ekanligini ta’kidlamoqda. 

Donald Tramp ma’muriyati huzuridagi Davlat samaradorligi departamenti (DOGE) federal agentliklar xarajatlarini va ishchi o‘rinlarini keskin qisqartirib, sentyabr oyi oxirida federal sektorda 162 ming ish o‘rnini yo‘q qilgani ham bunga sabab sifatida qaralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ishsizlik eng past darajaga yetgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 28 oktyabr kuni iqtisodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilgandi.

Nigora Muhammadiyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh ishsizlik DOGE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing