Pandemiya tugaganda dunyo normal holatiga qaytmaydi – Durov odamlarga chaqiriq bilan chiqdi
Olam
−
22 aprel 2020
14270Koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo sivilizatsion siljishga duch kelishi mumkin. “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov shunday fikr bildirdi.
U koronavirus tarqalishini butun insoniyat uchun tahdid ekanini ta’kidlamoqda.
“Pandemiya tugaganda dunyo normal holatiga qaytmaydi. Yaqin vaqtlarda tug‘iladigan yangi dunyo biz ortda qoldirayotgandan yaxshiroq bo‘lishi o‘zimizga bog‘liq”, degan Durov.
Yosh milliarder izolyatsiyani “o‘zimiz uchun eng yaxshi versiyani” qurish va texnologiyalarning qimmatini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat demoqda.
Durov Telegram shu oyda 17 ta davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklarining kanallarini tasdiqlagani (rasmiy belgi berilgan) va rivojlantira boshlaganini ma’lum qildi. Messenjer asoschisi Telegram hukumat bilan hamkorlik qiladigan kompaniya emasligini, biroq koronavirus haqida ma’lumot tarqatishda davlatga yordam berish istino ekanini qo‘shimcha qildi.
Telegram bunga qo‘shimcha tarzda, o‘zini yakkalash vaqtida ta’lim olishni osonlashtiruvchi loyihani taqdim etishini ma’lum qildi. Durov tez orada loyiha haqida qo‘shimcha ma’lumot berishni va’da qildi.
Jon Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 2,5 mlndan oshdi. Eng ko‘p kasallanish AQSH, Ispaniya, Italiya, Fransiyada qayd etilgan. Butun dunyoda koronavirusdan 177,2 kishi vafot etgan, 665 mingdan ko‘p odam davolangan.
LiveBarchasi