Pandemiya sharoitida OTMlarda kontrakt miqdori kamaytiriladimi?

Bu qiziq

image

Butun dunda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqirozdan kelib chiqib, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining kontrakt miqdori kamaytiriladimi? Bugun, 9 iyul kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan brifingda ushbu savol bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidovga yuzlanildi. 

“Kontrakt miqdorida hech qanday o‘zgarish yo‘q. Bu  mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘langan. Bu miqdor o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi. Hozirgi bazaviy kontrakt miqdori shartli ravishda qo‘yilgan. Bu ta’lim xarajatlarini qoplamaydi”, deydi Inomjon Majidov.

Vazirning qayd etishicha, aslida ayrim OTMlar allaqachon kontrakt miqdorini oshirishi kerak, ammo ular mavjud sharoitdan kelib chiqib bunday qaror qabul qilishni kechiktirmoqda.  

“O‘zini o‘zi moliyalashtiradigan oliy ta’lim muassasalari aslida xarajatlarga muvofiq bu to‘lovlarni oshirishi kerak edi. Lekin ular ham kontrakt miqdorlarini o‘zgartirmaslikka qaror qilishdi”, deydi vazir. 


Maqola muallifi

Teglar

Kontrakt

Baholaganlar

272

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing