Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari talabalarining 50 foiz miqdoridagi kontraktining to‘lash muddati 31 dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda Davlat qabul komissiyasining tegishli bayonida keltirilgan.

Unga ko‘ra, joriy o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2024 yil 31 dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi:

  • to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
  • o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklagan talabalar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiu o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Bu faqat 2024/2025 o‘quv yilida qabul qilingan abituriyentlar uchun amal qiladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024 yil 1 dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Kontrakt talabalar Davlat qabul komissiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing