Kontrakt to‘lash muddati 1 dekabrgacha uzaytirildi
Jamiyat
−
28 Oktabr
3883Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024 yil 1 dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
- Quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish uzaytirildi
- bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
- PF–213-son (31.08.2022 y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
- qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.