Pandemiya NATOni to‘xtata olmaydi – Pentagon

Olam

image

Shimoliy Atlantika alyansi koronavirus pandemiyasi sharoitida ham o‘z jangovar tayyorgarligini davom ettiraveradi. Bu haqda NATO mudofaa vazirlarining uchrashuvi xulosasiga tayanib, Pentagonga xabar bermoqda.

“Uchrashuv chog‘ida mudofaa rahbarlari alyansning harbiy operatsiyalarini davom ettirishga, shuningdek, pandemiyaga qarshi kurashda xavfsizlikni saqlash uchun kuchli mudofaa pozitsiyasiga e’tibor qaratishga kelishib oldi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, mudofaa vazirlari noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishiga qarshi turish muhimligini ta’kidlashdi.

Avvalroq, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg koronavirus pandemiyasi alyans harbiylarining jangovar shayligiga va tashkilot prinsiplariga ta’sir ko‘rsata olmasligi haqida ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Pentagon

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing