Pandemiya qaysi mamlakatda birinchilardan bo‘lib yakunlanishi mumkin? 

Olam

image

Shvetsiya koronavirusga qarshi jamoaviy immunitet shakllangan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin. Bunday fikrni shifokor-immunolog Vladislav Jemchugov bildirgan

"Menimcha, Shvetsiya 60-70 foiz immunitet qatlamiga ega birinchi mamlakat bo‘ladi. Chunki u yerda hamma koronavirusga chalinib chiqadi", deya ta’kidlagan ekspert. 

U bu holatni Shvetsiyada koronavirusga qarshi qattiq cheklov choralari yo‘qligi bilan izohlagan.

Shu bilan birga, Jemchugov bu usul faqat o‘z tibbiyotiga ishongan va og‘ir bemorlarni saqlab qolish uchun zarur resurslarga ega bo‘lgan mamlakat uchun foydali bo‘lishini tushuntirgan.

Immunolog Shvetsiyadagi pandemiya shu bilan tugaydi deb hisoblaydi. Chunki u immunitet qatlami 70 foiz bo‘lganda infeksiya tarqalishi to‘xtaydi, degan fikrni ilgari surmoqda. 

Ma’lumot uchun, Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar 124 mingdan oshgan. 6 mingga yaqin bemor vafot etgan. 

Dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirib olganlar 45 milliondan oshgan. 1 milliondan ko‘p bemor virus qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya

Baholaganlar

498

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing