Pandemiya inqirozidan qaysi mamlakat birinchilardan bo‘lib qutuladi?
Olam
−
12 dekabr 2020
7536Koronavirus pandemiyasi 2021 yilning ikkinchi choragida tugashi, global iqtisodiyot esa bir yil ichida normal holatga kelishi mumkin. Bu haqda Daniyada joylashgan Saxo Bank'ning investitsiyalar bo‘yicha direktori Stin Yakobsen aytib o‘tgan.
Ekspertning ta’kidlashicha, Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti pandemiya inqirozidan eng birinchilardan bo‘lib tiklanadi.
Yakobsen ikkinchi o‘ringa Shimoliy Yevropa iqtisodiyotini qo‘ygan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda AQSH, Buyuk Britaniya va Yaqin Sharq iqtisodiyoti tiklanishini ta’kidlagan.
Unga ko‘ra, dunyo bozori iqtisodiyotini tiklashga ilmiy yutuq, ya’ni, koronavirusga qarshi vaksina tufayligina erishiladi.
"COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan bor-yo‘g‘i to‘qqiz oy vaqt o‘tib, koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish boshlanadi, degan fikr hech kimning xayolida bo‘lmagan. Bu narsa uchun odatda ikki yildan uch yilgacha vaqt ketadi. Bu ilm-fan uchun ulkan g‘alaba va immunizatsiyaga mutlaqo yangicha yondashuv", degan Yakobsen.
Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyo 80 yil ichidagi eng katta iqtisodiy tanazzulga yuz tutayotgani haqida gapirgandi.
Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 71 mlndan oshgan. 1,6 mln bemor xavfli virus qurboni bo‘lgan.