Bill Geyts navbatdagi pandemiya qachon bo‘lishini taxmin qildi
Olam
−
23 noyabr 2020
15424Insoniyat navbatdagi pandemiya bilan 20 yildan keyin to‘qnashishi mumkin. Microsoft asoschisi Bill Geyts shunday bashorat qilgan.
"Agar omadimiz bo‘lsa, keyingi pandemiya 20 yil ichida yuz beradi. Ammo, uch yildan keyin bo‘lishi mumkin degan taxmin ham yo‘q emas", degan Geyts.
Milliarder rafiqasi Melinda bilan birgalikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun yuz millionlab dollar ajratgan xayriya fondiga rahbarlik qiladi.
Tadbirkorning fikriga ko‘ra, butun dunyo keyingi xavfli kasallikning avj olishiga koronavirus infeksiyasiga qaraganda ko‘proq tayyorlanadi.
"Har bir davlat Janubiy Koreya va Avstraliya kabi harakat qiladi. Aynan shu davlatlar odamlarni koronavirusga test topshirishida va karantin joriy etishda tezkorlikni namoyish etdi. Bizning test o‘tkazadigan vositalarimiz hozirgidan ancha yaxshi bo‘ladi. Shuningdek, biz ikkinchi marta ahmoqlik qilmaymiz", degan u.
Ma’lumot o‘rnida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 martida koronavirusni rasman pandemiya deb e’lon qilgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 59 mlndan oshgan. 1,3 mln bemor vafot etgan.
LiveBarchasi