Pandemiya 2020 yil uchun yil so‘zi bo‘ldi

Bu qiziq

image

Ingliz tili bo‘yicha Amerika lug‘ati Merriam-Webster 2020 yil uchun yil so‘zini tanladi

Lug‘at yil so‘zi sifatida "pandemic" (pandemiya)ni tan olgan. 

"Ba’zan bir so‘z bir davrni belgilaydi", deyilgan lug‘at matbuot xizmati xabarida. 

Pandemiya so‘zini qidirish 20 yanvardan, AQSHda koronavirus infeksiyasining birinchi holati qayd etilgandan boshlangan.

Ushbu so‘zni qidirish bo‘yicha so‘rovlarning birinchi keskin o‘sish holati 3 fevralda bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 11 martida koronavirus epidemiyasini pandemiya deb e’lon qilgan. 

Avvalroq, ingliz tilining Collins English Dictionary izohli lug‘ati tuzuvchilari “lockdown” (lokdaun)ni 2020 yil so‘zi deb e’lon qilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar 63 milliondan oshgan. 1,4 mln bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

PANDEMIYa

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made