Pandemiya fonidagi bayram: Shavkat Mirziyoyev Trampni tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 4 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampga mamlakat Mustaqilligi kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Ma’lumot o‘rnida, AQSH 1776 yilda Buyuk Britaniyadan mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilib olgan. Bugun ushbu tarixiy voqeaga 244 yil to‘ldi. 

Mustaqillik kuni – AQSHda milliy bayram sanaladi. Shu kuni siyosatchilar otashin chiqishlar qilishadi, mamlakat bo‘ylab bayram tadbirlari, karnavallar, konsertlar o‘tkaziladi. Aksariyat amerikaliklar esa ushbu kunni shunchaki oddiy kundek o‘tkazadi. 

Bugun AQSHda mustaqillik bayrami pandemiya fonida nishonlanmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 2 million 795 163 kishini tashkil etmoqda. Bemorlarning 790 404 nafari yoki 28,2 foizi sog‘aygan. 129 437 kishi yoki umumiy bemorlarning 4,6 foizi vafot etgan. 50 ta shtatdan 37 tasida infeksiyaning keskin oshayotgani aniqlandi. 

Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat sabab Mustaqillik kunida Amerika Qo‘shma Shtatlari an’anaviy paradlarning ko‘pini, shu jumladan Vashingtondagi aksiyani ham bekor qilishga qaror qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Donal'd Tramp

Baholaganlar

442

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing