Pandemiya davrida tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish tartibi o‘zgardi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 avgustdan:

•    Vrachlar, boshqaruv va o‘rta tibbiyot xodimlar, provizor-farmatsevt xodimlar, dizenfektor va kichik tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarga to‘lanadigan maxsus rag‘batlantirish to‘lovlari kunlik tarzda ishlash sharoitiga o‘tkazilgan holda har 30 kunlik davr uchun 8 soatdan kam bo‘lmagan ish yuklamasini inobatga olgan holda 1 oyda bir marotaba to‘lanadi;

•    maxsus rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilmaydi;

•    xodimlarga pul mablag‘lari bank kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Qaror bilan koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladigan lavozimlar ro‘yxati va 6 foizlik kunlik qo‘shimcha to‘lov o‘rniga har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari amalga oshiriladigan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilingan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, bemorlarni qabul qilish va chiqish qaydnomasi, tovar-moddiy boyliklar harakatining shaffofligini ta’minlash maqsadida “Vemor.ssv.uz” elektron nazorat dasturi ishga tushiriladi.

Shuningdek, qaror bilan maxsus rag‘batlantirish to‘lovlarini to‘lash tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

pandemiya rag'batlantirish

Baholaganlar

343

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing