Pandemiya davrida qaysi hududda oilalar eng ko‘p buzilib ketdi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 16 944 ta ajrim holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4371 taga kam. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Joriy yilning avgust oyida 2381 (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 107 taga kam) ta ajrim holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p ajrim Toshkent shahrida (350 ta) kuzatildi.

O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYO organlarida qayd etilgan ajrimlar soni bo‘yicha Toshkent shahri – 2244 ta, Andijon – 1999 ta, Samarqand – 1793 ta, Toshkent – 1738 ta va 1700 ta bilan Farg‘ona viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Ma’lumot o‘rnida respublika bo‘yicha 8 oyda eng kam ajrim holatlari Navoiy (578 ta) viloyatida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

oila ajrim

Baholaganlar

557

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing