Pandemiya davrida bog‘chalarga qo‘yiladigan sanitariya talablari belgilandi

Jamiyat

image

Pandemiya davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashkil qilish uchun qo‘yiladigan sanitariya talablari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, “COVID 19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablar” huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi va hisobga olindi.

Mazkur hujjat COVID-19 infeksiyasi tarqalish xavfi bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik vaziyatda, turi, tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT)ning ish faoliyatiga nisbatan tatbiq etiladi.

Hujjatga ko‘ra, MTTga bolalarni qabul qilish vaqtida quyidagi asosiy qoidalarga rioya etish muhim hisoblanadi:

•  tarbiyalanuvchini olib keluvchi va olib ketuvchi shaxs va tarbiyalanuvchilar MTTga tibbiy niqob tartibiga rioya etgan holda boradi;

•  tarbiyalanuvchining olib keluvchi va olib ketuvchi shaxslarga MTT hududiga kirishi taqiqlanadi;

•  tarbiyalanuvchini MTTning mas’ul xodimi qabul qilib oladi hamda tibbiy xodim tomonidan “ertalabki filtr” o‘tkaziladi va ko‘rsatkichlar maxsus jurnalga qayd qilinadi;

•  tarbiyalanuvchi “ertalabki filtr”dan o‘tgandan keyin guruhga kirishdan oldin tibbiy niqobni yechadi, kiyim va poyafzalini almashtiradi, so‘ngra MTT xodimi nazorati ostida 20 soniyadan kam bo‘lmagan muddatda qo‘llarini sovun bilan yaxshilab yuvadi;

•  MTTda tarbiyalanuvchilarning tana harorati kamida 2 marta (MTTga kelganda va uyga qaytishdan oldin) va ehtiyoj bo‘lganda o‘lchanadi.

Shuningdek, hujjatda tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ta’lim olishi va tarbiyalanishini tashkil etish chora-tadbirlari ham belgilangan.

Jumladan, o‘yinlarni o‘tkazishda tarbiyalanuvchilar guruhi o‘zaro munosabatlarni cheklash orqali 2-3 boladan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning tegishli Farmoniga ko‘ra, texnik hujjatlar joriy yilning 1 iyulidan e’tiboran Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi hamda ijobiy xulosa olingandan so‘ng hisobga olinadi va kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

MTT COVID-19 Pandemiya bog'chalar

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing