1 sentyabrdan barcha davlat bog‘chalariga to‘lov narxi qimmatlashadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 sentyabrdan barcha davlat bog‘chalariga to‘lov narxi qimmatlashadi. Bu bazaviy hisoblash miqdorining 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga oshishi bilan bog‘liq. 

2026 yilning 23 iyun kuni Prezident imzolagan “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmon bilan 1 sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 412 ming so‘mdan 440 ming so‘mga oshmoqda. Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 iyuldan pensiyalar va nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 7 foizga oshirilgandi.

Shuningdek, 1 sentyabrdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 7 foizga oshirilishi belgilangandi. Bundan tashqari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdoriga bog‘lab qo‘yilgani sababli, bog‘chalariga to‘lov narxi ham o‘z navbatida qimmatlashmoqda. 

Narxlarning qimmatlashishi quyidagicha:


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing