Pandemiya an’anaviy o‘zbek bozorlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda – “Reuters”
Olam
−
02 may 2020
6754O‘zbekistonda oziq-ovqat savdosida yetakchilik qilib kelgan an’anaviy shovqinli bozorlar koronavirus pandemiyasi sabab bo‘shab qoldi. Bu orada ijtimoiy masofani saqlash talabi sabab supermarketlarning oziq-ovqat savdosidagi hissasi ortib boryapti.
“Reuters”ning yozishicha, dunyo bo‘ylab ko‘plab sanoat tarmoqlari rejadagi o‘sishdan voz kechib turgan bir vaqtda, O‘zbekistondagi ayrim oziq-ovqat riteylerlari koronavirus sababli mijozlar o‘z odatlarini o‘zgartirishi, bu orqali supermarketlar xaridorlarni jalb etish bo‘yicha an’anaviy bozorlardan o‘zib ketishiga ishonishyapti.
Shunga qaramasdan, supermarketlar uchun muhim bo‘lgan keng assortimentdagi mahsulotlar bilan ta’minlash yetkazib berishning global zanjirida yuz bergan hozirgidek vaziyatda jiddiy muammo bo‘ladi. Bu o‘z navbatida bozor egallash rejasiga salbiy ta’sir qiladi.
Masalan, Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan Madjid al-Futtaym kompaniyasin shu yilning uchinchi choragida Toshkentda birinchi Carrefour supermarketini ochishini e’lon qildi. Qurilish ishlari karantin cheklovlari o‘rnatilgan vaqtda ham davom etdi.
“Birinchi bosqichda – 2020 yilda to‘rtta do‘konimiz ochiladi, ulardan uchtasi supermarket, bittasi gipermarket bo‘ladi”, degan Dubaydagi kompaniya ijrochi direktori Hani Veyss Reuters muxbiriga.
Franshiza kelishuvi asosida Carrefour spermarketlarini boshqaruvchi fransuz kompaniyasi Majid Al Futtaim O‘zbekiston bozoriga kirish uchun taxminan 11 mln dollar yo‘naltirmoqda. Kelgusi yillarda tarmoqning mamlakatda kengayib borishi uchun yiliga 10 mln dollardan investitsiya kiritib borish rejalashtirilgan.
Mahalliy supermarketlar tarmog‘i Korzinka.uz 2023 yilgacha do‘konlari sonini uch barobarga oshirish strategiyasini amalga oshirishni rejalashtirgan.
Ammo koronavirus pandemiyasi sabab kompaniya bu yil biroz kamroq supermarket ochishi mumkin. Kompaniya asoschisi Zafar Xoshimov kompaniya karantin vaqtida tezlik bilan o‘sishi kutilayotgan onlay-savdoga e’tibor qaratishini ma’lum qildi.
Xoshimovning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya O‘zbekistonda chakana savdo modernizatsiyasini tezlashtirishi mumkin.
“O‘rta va uzoq muddatli istiqbolda katta ehtimol bilan ist’emolchilarning talab va bozor qilish tartibi o‘zgaradi. Sanitariya, xavfsizlik va gigiyena masalasi alohida ahamiyat kasb eta boshlaydi. Bizga talabni qondirishimiz, zamonaviy chakana savdo bilan to‘liq qamrab olish uchun uch emas, o‘n barobar ko‘p do‘konlar kerak”, deydi Zafar Xoshimov.
O‘zbek oziq-ovqat bozori bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar mavjud emas. Hani Veyssning SAD Marketing ma’lumotiga asoslanib aytishicha, Toshkent oziq-ovqat bozori 2018 yilda 3,4 mlrd dollarga baholangan va 2023 yilgacha 5 mlrd dollarga yetadi.
LiveBarchasi