Ortiqxo‘jayevning qulochi Carrefour’gacha yetdi. Toshkentda uchta supermarket ochiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda dunyoga mashhur Carrefour brendi ostiga supermarketlar ochilishi kutilmoqda. 

"Qo‘llab-quvvatlaydigan hukumat, rivojlanayotgan iqtisodiyot va biznikiga o‘xshash mijozlar taklifiga yuqori talab O‘zbekistonni bizning Markaziy Osiyodagi ekspansiyamiz uchun uyg‘un holga keltiradi", deydi “Majid Al Futtaim Retail” bosh ijrochi direktori Xani Vayss o‘z bayongotida

“Majid Al Futtaim Retail” kompaniyasi Yaqin Sharq, Afrika va Osiyoning 31 mamlakatida Carrefour’ni boshqarish uchun eksklyuziv huquqlarga ega.  Hozirgi kunda 15 mamlakatda 285 dan ortiq Carrefour do‘konlari mavjud.  

“Majid Al Futtaim Retail”ning O‘zbekiston bozoriga kirishi mamlakatning eng yirik shirkati bo‘lgan “Akfa Group” orqali amalga oshmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan intilish bundan ikki yil avval, O‘zbekiston tarafidan boshlangan. Qayd etilishicha, “Akfa Group” qurilish, mehmonxona biznesi, telekommunikatsiya, moliyaviy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan yirik shirkat va aynan yuqoridagi omillar hamkorlikka asos bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, kelgusi yilda poytaxt Toshkentda uchta supermarket va bitta gipermarket ochiladi va qo‘shimcha uchta savdo do‘koni 2021 yilda ochilishi rejalashtirilgan. 

Carrefour  supertmarketlari ish boshlagach 2500 ish o‘rni yaratiladi va 600 dan ortiq mahalliy etkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, fermerlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. 

Carrefour kompaniyasiga 1957 yilda asos solingan. Uning birinchi gipirmerketi 1963 yilda ochilgan. 

“Akfa Group” kompaniyasiga esa 2005 yilda asos solingan bo‘lib, shirkat Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli. 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Carrefour

Baholaganlar

1130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing