Panama Tramp ustidan BMTga shikoyat qildi

Olam

image

Panama BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga AQSH Prezidenti Donald Trampning Panama kanali ustidan nazoratni qo‘lga kiritish niyati haqidagi bayonotlari yuzasidan shikoyat bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda “New York Times” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Donald Trampning inauguratsiya nutqi chog‘ida Panama kanalining qaytarilishi haqidagi so‘zlaridan so‘ng Panama BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish va BMT Xavfsizlik kengashiga rasmiy maktub yo‘llagan.

Maktubga Panama Prezidenti Xose Raul Mulinoning bayonoti ilova qilingan bo‘lib, u o‘z mamlakati va xalqi nomidan Trampning so‘zlarini rad etgan.

Qayd etilishicha, maktubda BMT Nizomining a’zo davlatlarga hududiy yaxlitlik yoki siyosiy mustaqillikka qarshi tahdid va kuch ishlatishni taqiqlovchi ikkita moddasi keltirilgan.

Panamaga ko‘ra, bunday harakatlar BMT maqsadlariga to‘g‘ri kelmaydi va tashkilot nizomiga ziddir.

“Panama Xavfsizlik Kengashidan ushbu masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazishni so‘ramagan, biroq diplomatlar AQSH va Panama o‘rtasidagi ziddiyat davom etsa, Kengash yig‘ilish tayinlashi mumkinligini aytgan”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 20 yanvar kuni Tramp o‘zining inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida Qo‘shma Shtatlar Panama kanali ustidan nazoratni qayta tiklash niyatida ekanini aytdi. Unig so‘zlariga ko‘ra, kanal “Panamaga berilgan”, ammo hozir Xitoy ta’siriga tushib qolgan. U, shuningdek, Panamani Amerika kemalariga, jumladan, AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalariga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lganlikda ayblab, Qo‘shma Shtatlar kanaldan foydalanish uchun ortiqcha tariflarga duch kelayotganini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Panama va Daniya Trampning Panama kanali va Grenlandiya ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olish taklifini  rad etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp BMT Panama Xose Raul' Mulino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing