Palov indeksi: eng qimmat va arzon osh qayerda sotiladi?
Jamiyat
−
01 avgust 2022 9966 1 daqiqa
Joriy yilning iyul oyida O‘zbekistonda eng qimmat osh Toshkent shahrida, eng arzoni esa Namangan viloyatida sotilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan 1 porsiya palovning o‘rtacha narxlari (2022 yil iyul oyi uchun):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18 000 so‘m;
Andijon viloyati – 20 200 so‘m;
Buxoro viloyati – 21 300 so‘m;
Jizzax viloyati –20 000 so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 20 300 so‘m;
Navoiy viloyati – 18 000 so‘m;
Namangan viloyati – 15 000 so‘m;
Samarqand viloyati – 20 300 so‘m;
Surxondaryo viloyati – 19 600 so‘m;
Sirdaryo viloyati – 18 300 so‘m;
Toshkent viloyati – 21 300 so‘m;
Farg‘ona viloyati – 18 300 so‘m;
Xorazm viloyati – 20 000 so‘m;
Toshkent shahri – 25 800 so‘m.
Live
Barchasi